19 may 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/219070_220.jpg)
Murabbiy shogirdi Xamzatdan norozi
Andreas Mixael shogirdi Xamzat CHimaevni Gilbert Bernsga qarshi bo'lib o'tgan jangini tanqid qildi.
"Albatta, u har qanday holatda ham bu yigitni nokautga uchratishi va hammaga "Qarang, men uni qanday mag'lub qildim" deya ko'rsatishni xohlagani menga yoqmadi. Jang uchun rejamiz bor edi va u birinchi daqiqadayoq raqibning boshini olish emas edi. Bu rejamizda yo'q edi. U bilan boks tushishi, chapdan faol foydalanish kerak edi. Bu vaziyatni hal qilishning to'g'ri yo'li edi. Lekin, u biz o'rgatgan usullarning hech birini qilmadi", — dedi Mixael.
Eslatib o'tamiz, Xamzat 10 aprel kuni UFC 273 turnirida braziliyalik Gilbert Berns ustidan g'alaba qozongan. SHveciyalik sportchi o'shanda UFC'dagi faoliyati davomida ilk bor to'liq jang o'tkazgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar