31 okt 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Murabbiy Striklend va CHimaev o'rtasidagi sparring qanday o'tganini aytdi
Murabbiy Erik Niksik mashhur UFC jangchilari SHon Striklend hamda Xamzat CHimaev o'rtasidagi sparring jangiga to'xtaldi.
"Ular zalda nimalarni ko'rishganini bilmayman, biroq bunday bo'lmasligi kerak edi, deb hisoblayman. Mashg'ulotlarimiz haqida hech nima deya olmayman. Zalimizda bo'layotgan ishlar zalimizda qoladi. Hali biror kishi bu erda bir-birini norozi qilmagan. Aksincha, bir-biri uchun qulayroq raqib bo'lishni o'ylashadi.
Xamzat qattiq mehnat qiladi va u zaldagi eng ko'p ter to'kadiganlardan biri. Uning mahorati, istalgan darajadagi zarbalarni berishi kabi sifatlari meni xayron qoldirdi. Biroq bu zaldagi boshqalardan uning bir bosh ustunligini bildirmaydi", - dedi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev so'nggi jangida Kamaru Usmanni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar