26 iyu 08:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev g'alabali jangdan so'ng nimalar dedi?
Bugun bokschimiz Murodjon Ahmadaliev AQSHda o'tkazilgan jangda mezbon Ronni Riosni muddatidan oldin mag'lub etdi.
Ushbu g'alaba orqali Ahmadaliev o'zining WBA va IBF kamarlarini himoya qildi. Jangdan so'ng bokschimiz o'z fikrlarini bildirdi.
"Barchaga rahmat. Eng asosiysi g'alaba qozondim. Jang yakunlanishiga oz qolganida, so'nggi raundlarda tavakkal qildim.
Murabbiylarim ham jangni yakunlab qo'yishim kerakligini aytishdi. Nokaut qilishni istagandim va tavakkal qilganim evaziga bu amalga oshdi.
Navbatdagi jangim? Katta akam Eddi Xirn nima desa shu bo'ladi. Men doimo tayyorman", - dedi Murodjon Ahmadaliev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar