14 noy 01:56
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev: "Kamarlarimni himoya qilishga tayyorman"
Bokschimiz mashg'ulot jarayoni, raqibi o'zgargani haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Umid qilamanki, Ronni o'zini yaxshi his qilmoqda. Uning men bilan jang qila olmasligi achinarli holat, ammo Xose uchun ajoyib imkoniyat va ishonchim komilki, u bu jangda bor imkoniyatini ishga soladi. Lagerda hammasi yaxshi bo'ldi, o'quv-mashg'uloti uzoq davom etdi, jang bir necha bor bekor qilindi, lekin biz sport zalida qoldik. Kamarlarimni himoya qilishga tayyorman. Bizda yangi sport zali bor. Biz uni yaxshi ko'ramiz. Bu bizning yangi uyimiz. Imkoniyatlar etarlicha, joy keng va yangi ringlar mavjud. Lagerda bo'lish har doim yoqimli, chunki Joel Diac va jamoa - katta oilamiz.
Biz juda ko'p hazillashamiz, biroq yaxshi ishlaymiz. Sport zalida ingliz, ispan, o'zbek va rus tillari aralashmasidan yaratilgan o'z tilimiz bor. Bularning barchasi qiziqarli, sababi mashg'ulotlar tugagach biz o'zimizdan zavqlanganimizga ishonch hosil qilamiz. Birga ovqatlanamiz, uxlaymiz, boksni chuqurroq o'rganamiz, intizom masalasi boshqalarnikidan kam emas", - dedi MJ KAKA.
Fikrlar