17 noy 07:19
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev: "Menga muxlislik qiling!"
SHu kuni charm qo'lqop ustamiz Manchester shahrida o'ziga tegishli bo'lgan WBA va IBF kamarlarini chililik Xose Velaskesdan himoya qiladi. Kecha Ahmadaliev kichik matbuot anjumanida ham ishtirok etdi va jang haqida intervyu berdi.
"Biz bokschilar tomonidan ajoyib oqshom vada qilinyapti. SHaxsan o'zim ham muxlislarbop jang taqdim etishimizga ishonyapman. Boks oqshomiga albatta keling va bizga, ular qatorida menga ham muxlislik qiling. CHiroyli g'alabam bilan sizlarni xushnud etishga astoydil harakat qilaman", - dedi Ahmadaliev.
Malumot uchun, Velaskes prof boksda shu kungacha 37 ta jang o'tkazib, ularning 29 tasida g'alaba qozongan (19 ta nokaut). Yana 6 ta jangda mag'lub bo'lgan, 2 bahsda durangga erishgan.
Fikrlar