03 okt 07:40
Yangiliklar

Murodjon Ahmadaliev Naoya Inouega qarshi jangdan keyin WBA reytingida nechanchi o'rinda?
Prof boksning ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi, o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev reytingda to'rtinchi pog'onaga tushib ketdi.
U 14 sentyabr kuni vaznning yaponiyalik mutlaq chempioni Naoya Inoue bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergandi. Endi Ahmadalievda WBA Interim kamari yo'q. Undan yuqorida esa boshqa bir hamyurtimiz — Muhammad SHexov bormoqda.
Hali bu vaznda bitta ham jang o'tkazmagan yapon bokschisi Junto Nakatani reytingning birinchi pog'onasiga joylashtirishgani g'alati emasmi?
WBA yangilangan reytingi:
CHempion: Naoya Inoue (Yaponiya)
WBA Gold chempioni: Ierni Betankurt (Venesuela)
1. Junto Nakatani (Yaponiya)
2. Ramon Kardenas (AQSH)
3. Muhammad SHexov (O'zbekiston)
4. Murodjon Ahmadaliev (O'zbekiston)
5. Gari Antonio Rassell (AQSH)
6. Noel Reyes Sepeda (Dominikan Respublikasi)
7. Piter MakGreyl (Buyuk Britaniya)
8. Subaru Murata (Yaponiya)
9. Sem Gudman (Avstraliya)
10. Devid Pikasso (Meksika)
11. Toshiki SHimomachi (Yaponiya)
12. Anxel Barentes (AQSH)
13. Kevin Gonsales (Meksika)
14. Leonardo Karrilo (Kolumbiya)
15. De Kang Vang (Xitoy).
Fikrlar