04 avg 10:52
Yangiliklar
Murodjon Ahmadaliev yil oxirigacha ringga qaytmaydi!
To'lqin Qilichev Olamsport.com saytiga bergan intervyusida WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev qachon ringga qaytishini malum qildi:
"Ikkinchi raunddan keyin uning qo'lidan jarohat olganini aytishdi. Raqibiga bildirmasdan, asosan o'zining ustunligi hisoblangan o'ng qo'lida jang qilishi kerakligini aytdik. Murodjonni qo'li juda mayda bo'laklarga bo'linib sinib ketgandi. Uni operaciya qilish kerak, jarrohlik amaliyotisiz ham davolash mumkin deyishdi.
SHifokorlar bilan maslahatlashib operaciyasiz yo'lni tanladik. Hozir gipsni echgan. SHifokorlar ko'rsatmasiga ko'ra, qo'lini yana 3 oy "meshok"ka urmasligi kerak. Yana 15 kunlardan keyin cingan qo'li bilan havoda mashq qilishni boshlaydi. KAKA bu yil ringga qaytmaydi. Kelasi yilning yanvar-fevral oylarida filipinlik Marlon Tapalesga qarshi ringga chiqishi mumkin", - deya so'ziga yakun yasadi Qilichev.
Fikrlar