11 noy 22:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning Manchesterdagi jangiga deyarli 1 hafta qoldi
Avval xabar berganimizdek, birinchi yarim engil vazn toifasida WBA/IBFchempioni Murodjon Ahmadaliev (9-0, 7 KO) kamarlarini amerikalik Ronni Rios(33-3, 16 KO)dan himoya qiladi.
Ahmadaliev ishtirokidagi navbatdagi jang 19 noyabr kuni Manchester shahrida o'tkaziladi.
Kechaning markaziy jangida o'rta vazn toifasidagi Jeyson Kuingli WBO chempioni Demetrius Andradega qarshi ringga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, Murodjon Ahmadaliev so'nggi jangini Toshkentda o'tkazgan va o'shanda u yaponiyalik Riyosuke Ivasani muddatidan avval mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar