18 okt 14:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jang sanasi malum bo'ldi
Olimpiya o'yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliev professional boksdagi beshinchi jangini qachon o'tkazishi aniq bo'ldi.
Unga ko'ra, hamyurtimiz 24 noyabr kuni AQSHda, Atlantik Sitida ringga ko'tariladi. Hozircha ushbu jangda Ahmadalievga kim raqib bo'lishi nomalum.
Malumot uchun, Ahmadaliev professional faoliyati davomida to'rt marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarining uchtasini u nokaut evaziga o'z fodasiga hal qilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar