29 jan 19:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Murosasiz kechgan final jangida Jasurbek Yo'ldoshev Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi
Toshkentda 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
-80 kg vazn toifasidagi final bahsida hamyurtimiz Jasurbek Yo'ldoshev tojikistonlik Nekruz Salimovga qarshi jang qildi. Dastlabki ikki raunddan so'ng mutlaqo tenglik kuzatilgan jangning hal qiluvchi uchinchi raundida Jasurbek Yo'ldoshev ajoyib harakat qildi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar