23 sen 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Mutloq jahon chempioni hamda Bellyu “Uembli”da ko'z urishtirishdi
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik (15-0, 11 KO) hamda WBC yo'nalishi faxriy chempioni Toni Bellyu (30-2-1, 20 KO) ilk bor ringda to'qnash kelishdi.
Bokschilar “Uembli” stadionida kechgan Entoni Joshua hamda Aleksandr Povetkin o'rtasidagi markaziy jang oldidan o'zaro ko'z urishtirish marosimida ishtirok etishdi.
Malumot uchun, Usik - Bellyu chempionlik jangi 10 noyabr kuni Manchester shahrida bo'lib o'tadi. O'rtaga ukrainalik mutloq jahon chempioniga tegishli WBC, IBF, WBO va The Ring kamarlari qo'yiladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar