28 apr 13:13
Yangiliklar
Tennis
Mutua Madrid Open. Arina Sobolenko uchinchi davrada
Ispaniyaning Madrid shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA 1000 turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning ikkinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi. Belaruslik tennischi ikkinchi davrada WTA reytingida 44-pog'onada borayotgan ruminiyalik Sorana Kirstyani mag'lub etdi - 6/4, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hisob tenglashdi - 1:1. Bir soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 7 ta eys, 2 ta qo'shxato va 5 ta breyk qayd etdi. Endi u Mutua Madrid Open turnirining uchinchi bosqichida kolumbiyalik Mariya Osorioga qarshi kortga chiqadi. Osario o'z o'rnida ukrainalik Marta Kostyukdan 3/6, 6/4, 6/3 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar