20 avg 16:18
Yangiliklar
Tennis
Muxova Sobolenkoni mag'lub etdi va faoliyatida ilk bor WTA 1000 finaliga yo'l oldi
AQSHning Cincinnati shahrida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir yakuni sari yaqinlashmoqda.
WTA reytingida 17-pog'onadan joy olgan Karolina Muxova 1/2 finalda dunyoning ikkinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenkoni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/7(4), 6/3, 6/2. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob chexiyalik foydasiga o'zgardi - 2:1.
Ikki soatu 37 daqiqa davom etgan bahsda har ikkala tennischi 3 tadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Muxova 6, Sobolenko 10 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar 5 ga 2, Karolina foydasiga. Ertaga 27 yoshga to'ladigan chexiyalik tennischi faoliyatida ilk bor WTA 1000 turniri finalida o'ynaydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar