04 apr 07:34
Yangiliklar
Tennis
Nadal bu natijani qayd etgan ikkinchi tennischiga aylandi!
"Katta Dubulg'a" turnirlarining 22 karra g'olibi Rafael Nadal kechadan ATP reytingining kuchli 100 taligidagi 1020-haftasini boshladi.
Bu bilan 36 yoshli ispaniyalik tennischi sof yuztalikdagi haftalari bo'yicha Andre Agassidan o'zib ketib, ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Agassida bu ko'rsatkich 1019 hafta edi. Bu boradagi rekordchi Rojer Federer hisoblanadi - 1166 hafta.
Rafael Nadal 2003 yilda professional tennischilik faoliyatini boshlagan va o'sha yildan to shu kungacha kuchli yuztalikdan tushib ketmagan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar