06 may 08:05
Yangiliklar
Tennis
Nadal yana bir katta turnirni o'tkazib yuboradi
Rafael Nadal 10 may kuni Rimda boshlanishi kerak bo'lgan "Masters"da qatnashmaydigan bo'ldi.
"So'nggi kunlarda o'zimda anchagina yaxshi tomonga o'zgarishni his qilgan bo'lsam-da, yuqori darajada mashg'ulotlar olib bora olmadim. Endi barchasini boshqatdan boshlash uchun vaqt kerak. Hozir oldimda tanlov yo'q, barchasiga ko'nishga majburman va ishlashda davom etaman", - deb yozadi Nadal.
Nadal son qismidagi jarohati sababli "Australian Open"dan keyin birorta turnirda ishtirok eta olmadi. 28 may kuni esa u "Rolan Garros"da o'z chempionligini himoya qilishi kerak bo'ladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar