27 dek 18:30
Yangiliklar
Naoya Inoue keyingi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi malum
Musobaqaning markaziy jangida birinchi yarim engil vazn toifasida yaponiyalik bokschi Naoya Inoue Filippin vakili Marlon Tapalesga qarshi ringga chiqdi. WBC, WBO, WBA va IBF chempionlik kamarlari uchun kechgan jangda Inoue muddatidan oldin g'alaba qozonib, ushbu vazndagi to'rtta chempionlik kamarini birlashtirdi.
International Boxing News nashrining malum qilishicha, Naoyaning navbatdagi jangi aniq bo'lib ulgurgan. Yaponiyalik bokschi keyingi jangini navbat bo'yicha WBC yo'nalishidagi majburiy davogar, meksikalik Luis Neriga qarshi o'tkazadi. Jangni may oyida o'tkazish rejalashtirilmoqda.
Malumot o'rnida, ushbu vaznda o'zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliev WBA kamari uchun majburiy davogar hisoblanadi. Inoue Neri ustidan g'alaba qozongan taqdirda, navbat bo'yicha keyingi himoya jangini Ahmadalievga qarshi o'tkazishi kerak bo'ladi.
Fikrlar