11 avg 11:55
Yangiliklar
Engil atletika, Parij-2024
Nayza uloqtiruvchi Pokistonga shaxsiy sport turlari bo'yicha ilk Olimpiya oltinini olib keldi
Pokistonlik Arshad Nadim 2024 yilgi Parij Olimpiadasida nayza uloqtirish bo'yicha oltin medalni qo'lga kiritdi.
Nadim eng yaxshi urinishida 92,97 metr natijaga erishdi. Sportchi norvegiyalik Andreas Torkildsenning 2008 yil Pekin O'yinlaridan beri saqlanib qolgan Olimpiada rekordini (90,57) ortda qoldirdi. Ikkinchi o'rinni hindistonlik Olimpiada chempioni Niraj CHopra (89,45), uchinchi pog'onani grenadalik Anderson Piters (88,54) egalladi.
27 yoshli Nadim Pokistonga shaxsiy sport turlari bo'yicha ilk Olimpiya oltinini keltirdi. Avvalroq pokistonliklar chim ustidagi xokkeyda uch marta g'alaba qozongan, shuningdek, boks va kurashda bronza medalini yutgan.
Havola :
Manba : t.me/uz_eksport
Fikrlar