16 okt 15:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Nega Fyodor Emelyanenko - Fabriciu Verdum o'rtasidagi revansh kechikmoqda?
Bellator rahbari Skott Koker Fyodor Emelyanenko va Fabriciu Verdum o'rtasidagi jang nima sababdan hali ham tashkil etilmagani haqidagi savolga javob berdi.
“Verdumning Fyodorga qarshi jangi biz uchun juda qiziq. Biroq, menga etib kelgan malumotlarga qaraganda, Emelyanenko uchun bu jang juda ham qiziq emas va shu sababli jang etibordan chetda qolib ketmoqda. Uning bu jangni tashkil etishga xohishi yo'q. Biz u bilan doimiy muloqotdamiz, agar Fyodor istasa, jangni tezda tashkil etamiz”, - dedi Koker.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar