12 sen 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Diaz: "Fergyuson yuzinchi bor millioner bo'lishi kerak edi"
Neyt Diaz so'nggi raqibi Toni Fergyuson haqida fikr bildirdi.
"Jangdan so'ng biz bir-birimizga hurmat ko'rsatdik. U anchadan buyon o'yinda edi, bir guruh jangchilar bilan to'qnash kelgandi. U aqlbovar qilmas janglarda ishtirok etib, jiddiy zarbalarga ham dosh bera olgan.
Odamlar xohlagan narsasini o'ylayveradi. Muxlislar uni aqldan ozgan deb o'ylashlari mumkin. Menimcha, u sportda shunchalik uzoq vaqt bo'lganki, o'zi istagan narsalarni amalga oshira oladi.
Menga shunday uzoq faoliyatga ega insonlar yoqadi. Ayniqsa, eng kuchli jangchilar bo'lgan UFC'da bo'lsa. Bu - dunyodagi eng qiyin ish. U aslida yuzinchi marta millioner bo'lishi kerak edi", - dedi Diaz matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar