09 sen 14:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Diaz: "UFC o'zini huddi men CHimaevni jangga chorlagandek qilib ko'rsatdi"
Amerikalik UFC jangchisi Neyt Diaz shveciyalik Xamzat CHimaev bilan jang qilishni istamasligini tan oldi.
"UFC hozir o'zini huddi men CHimaevni jangga chorlagandek qilib ko'rsatyapti, ammo men bu jangni umuman xohlamaganman va hozir ham shunday poziciyadaman. Lekin menga qolsa, har kim bilan jang qilaveraman. Biroq ular bosim o'tkazib, uni menga "gij-gijlab" qo'yishyapti, chunki u navbatdagi "killer" jangchi. SHu gaplarni ularga aytsam, ular menga: "U eng zo'r jangchi emas", - deyishadi", - deya Diazning so'zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.
Neyt Diaz hamda Xamzat CHimaev o'rtasidagi jang 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar