15 mar 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannu faoliyatini qaysi promoushenda davom ettirishga tayyorligini aytdi
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu faoliyatini qaysi tashkilotda davom ettirishi haqida gapirdi.
"Agar MMAga qaytish variantlarini ko'rib chiqish kerak bo'lsa, men uchta tashkilotdan taklif olishni istayman. Ular PFL, Bellator va ONE Chempionship. Qaysi birini tanlagan bo'lar edim? Hozir bu savolga javob berishim qiyin. Mening tanlovim ularning sportga qanday qarashiga va jangchining roliga bog'liq bo'ladi.
Ularning Afrika uchun dasturi borligi juda muhim. O'ylaymanki, bu qaror qabul qilishimda asosiy shartlardan biri bo'ladi", - dedi Ngannu.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar