13 fev 19:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Ngannu Miochichga qarshi kechgan birinchi jangni esladi
UFC`ning og'ir vazn toifasidagi vakili Frensis Ngannu divizion chempioni Stipi Miochichga qarshi birinchi jangda hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchragani haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchidan, g'alaba qozona olmaganim uchun juda xafa bo'ldim va ko'nglim qoldi. Unvon uchun kurashgan har kim g'alaba qozonishni xohlaydi. Ammo, bu yaxshi jang bo'ldi. Menga tajriba va jangovorlik etishmadi. Bir oqshomda avvalgi butun faoliyatimdagiga qaraganda ko'proq narsani o'rgandim", - dedi Ngannu.
Miochich va Ngannu o'rtasidagi jang 27 mart kuni UFC 260 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar