23 jan 13:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Ngannu UFC kamarini birinchi va oxirgi bor himoya qildimi? CHempion savolga javob berdi
Og'ir vazn toifasida UFC kamari sohibi Frensis Ngannu Siril Ganga qarshi jangdan so'ng o'z fikrini bildirdi.
"Gan jiddiy raqib ekanini bilardim, u yaxshi jang o'tkazdi. Meni jangimizning to'liq davom etgani xayron qoldirdi. Jang davomida murabbiylarimning gapiga quloq soldim va barchasi biz istagandek bo'ldi. Og'ir mashg'ulot davri bo'ldi. Bu vaqt orasida jarohat olishga ham ulgirdim.
Endi nima bo'ladi? Men avval ham aytganman: Boks doim men uchun birinchi bo'lgan. Bu narsani yana ortga surish niyatida emasman. Men boks jangida ishtirok etmoqchiman", - dedi chempion.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar