So’nggi yangiliklar

11:05Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Украина ва бошқа натижалар (LIVE) 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0

05 avg 10:56
Yangiliklar

Taekvondo

Nigora Tursunqulova: “Vada berib qo'yish meni tabiatimga yot narsa”

Taekvondo WTF bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Tokio Olimpiadasi yo'lida tayyorgarlikka zo'r berishgan.

Terma jamoaga nomzod qizlarimiz Turkiyada, yigitlar esa Yangiobod o'quv-mashg'ulot bazasida o'z yig'inlarini o'tkazishyapti. Biz terma jamoaning tajribali azolaridan biri Nigora Tursunqulova bilan suhbatlashdik. 

Snimok2.JPG

– Mana, o'quv-yig'in mashg'ulotlarimizda ko'rib turganingizdek Tokio olimpiadasiga tayyorgarlik olib borish uchun yangi murabbiy jalb etildi. Va ushbu murabbiy bilan mashqlarni boshlab yubordik. Tayyorgarliklarning hammasi yaxshi ketyapti. Oldinda Olimpiadaga yo'llanma beruvchi to'rtta “G-Seria” musobaqalari bor. Mazkur musobaqalarda yaxshi natijalar ko'rsatib, nasib qilsa, olimpiya o'yinlari uchun licenziyalarni qo'lga kiritamiz. Seriya turkumlaridan o'ta olmagan sportchilar uchun yakuniy musobaqa Xitoyda o'tkaziladi va bu Olimpiadada ishtirok etish uchun yo'llanma taqdim etuvchi oxirgi turnir sanaladi. Men ham 2016 yilda Rio olimpiadasiga taqdim qilinadigan yo'llanmani aynan shu musobaqada finalgacha etib borgan holda qo'lga kiritganman.

– Manchesterdagi muvaffaqiyatsizliklarni terma jamoadagi tajribali sportchi sifatida qanday baholaysiz?

– Bilasizmi, hamma musobaqaga g'alaba qozonish uchun tashrif buyuradi. Ana shu turnir uchun qiyinchiliklar, og'ir mashg'ulotlarni boshdan kechiradi. Ammo bu – sport. Qancha tirishmang, harakat qilmang baribir Xudo taqdiringizga yozgani bo'ladi.

Snimok3.JPG

Biz hozirda juda malakali murabbiy qo'lostida mashg'ulotlarni olib boryapmiz. Bu erda hamma professional sportchi hisoblanadi. Ularda murabbiy yaxshi taassurot qoldirmoqda. Demak, biz yomon murabbiy bilan emas, yaxshi hamda tajribali murabbiy bilan mashg'ulotlarni o'tkazmoqdamiz.

– Olimpiada o'yinlarida o'zingizga qanday maqsad qo'ygansiz?

– To'g'risi, oldindan biron narsani vada berib qo'yish meni tabiatimga yot narsa. Albatta, chempion bo'lishni, yurtimiz dovrug'ini jahonga tanitishni istayman. Ammo undan avval Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilganman. Keyin esa Tokiodagi musobaqalar haqida biron narsa deyishim mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing