So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

28 mar 16:16
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Nima uchun Konorga ishonmaslik kerak? (Tahliliy maqola)

Teglar :  Konor Makgregor
Konor faoliyatini yakunladi.

UFCda ikki vazn toifasida sobiq chempion faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Konor faoliyatini tugatganidan so'ng ham pul bilan muammosi bo'lmaydi, o'zining viski zavodi bor (Forbes malumoti bo'yicha o'tgan yili buning orqasidan 99 million dollar foyda olgan). To'g'ri, Konorning bu harakatida mantiq bordek. Lekin tanganing ikkinchi tomoni bor. Irlandiyalik yana bir bor o'zining maqsadi yo'lida shunday qilmadimi? Bunday holat uch yil avval ham bo'lgandi.

Uch yil avval nima bo'lgandi?

2016 yilning 5 martida Konor UFCdagi dastlabki mag'lubiyatini Diasdan qabul qilib olgandi. O'shanda Konor yangi vazndagi debyut jangini o'tkazgan, raqib ham dastlab Dias emas, balki Rafael Dos Anos edi. Lekin, jangga bir necha hafta qolganda Rafael Dos Anos jarohat oladi va tezlik bilan Konorga raqib topiladi. Raqib Dias bo'ladi. Konor shu tariqa birinchi mag'lubiyatini qabul qiladi. Mag'lubiyatdan so'ng Konor tezlik bilan revansh tashkillashtirishni talab qiladi. UFC revansh jangini yubiley turnirda - UFC 200 (2016 yil 9 iyul)da tashkillashtirmoqchi bo'lgan. Konor AQSHdagi ochiq mashg'ulotga kelmaydi, sabab sifatida uni bunday tadbirlar to'liq kuch bilan tayyorlanishga yo'l qo'ymaganini aytadi. SHu tariqa, UFC bilan Konor o'rtasida dastlabki nizolar kelib chiqadi. Bu voqealardan so'ng, kutilmaganda (19 aprelda) Konor Tvitter orqali «Ketish vaqti keldi. barchaga omad» - deb xabar qoldiradi. Lekin, bu holat ikki kunga cho'zildi halos. 21 aprelda irlandiyalik sportchi aslida ketishni istamaganini, shunchaki unga tayyorgarlik qilish uchun xalaqit bermasliklarini xohlaganini aytgan. Bu voqealardan so'ng Konor va Dias revansh jangi UFC 202 turniriga ko'chirildi.

Hozir nima bo'lmoqda?

Uch yil ichida Konorning hayotida ko'plab voqealar bo'ldi. UFCda ikki vazn toifasida chempion bo'lgan birinchi sportchi bo'ldi. Boks qoidalari asosida Floyd Meyvezer bilan jang qildi. Ikki bor ota bo'ldi. O'zining viski zavodini ochdi, ikki yil oktagondan uzoqda yurdi, Xabib bilan jangda mag'lub bo'ldi. Konorda pul bilan muammo bo'lmasligi mumkin, lekin faoliyatini tugatganiga ishonish qiyin. Nega? Sababi oxirgi vaqtlarda Konor OAVda ko'plab chiqishlar qilib "Joze Aldo, Maks Xollouey va Dastin Pore men bilan jang qilishga haqli" manosida gapirdi, shuningdek Dias bilan trilogiya bo'lishga vada berdi. Eng asosiysi esa Konor Xabib bilan revansh jangi.


Uch yil avval va hozirdagi o'xshashliklar?

-Revash jangini o'tkazish talabi

-UFCga o'z talablarini qo'yish

-Faoliyatini yakunlaganini elon qilish

Voqealar shunday o'xshashki, endilikda Konordan barcha narsani kutish mumkindek.

U bir necha kun ichida yana bir chiqish qilib, "Men hazillashdim, endi jangni tashkillashtiraylik" deb Xabibni rasmini qo'yib qo'yishi mumkin. Yoki yana qandaydir izoh qoldirishi mumkin.

Voqealarning rivojiga UFC prezidenti Uaytning beparvoligi juda g'alati. Bundan ikki hil fikr chiqarsa bo'ladi. Birinchisi, xabar elon qilinishdan oldin Konor bilan Uayt gaplashib olgan. Yoki bu yana bir piar.


Ijtimoiy tarmoqda Konor ketishiga ishonishmadi. Bir necha qiziqarli fikrlar.

“Yana ichib olib, Tvitterda o'tiribdimi?”

”Konor Makgregor faoliyatini tugatdi? Hamma biladiki, bu yolg'on”

“Bu 100% piar, U ko'proq pul xohlamoqda”

“Havotir olmang, u ketmaydi, unga pul kerak”

Konor endigina 30 yoshda. U faoliyatini eng cho'qqisida tugatishi biroz g'alati. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.


Xorijiy saytlar asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing