14 dek 17:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Nodirjon Mirzahmedov - 48 kg vaznda O'zbekiston chempioniga aylandi!
Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport arenasida boks bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston birinchiligining final janglari bo'lib o'tmoqda.
Bugun, musobaqaning so'nggi, oltinchi kuni doirasida ikki karra Osiyo chempioni (2019, 2021), toshkentlik charm qo'lqop ustasi Nodirjon Mirzahmedov - 48 kg vazn toifasida final jangida farg'onalik SHodiyorjon Meliqo'zievga qarshi ringga chiqdi. Mazkur jang to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Nodirjon Mirzahmedov g'alaba qozonib, O'zbekiston chempionati oltin medaliga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar