So’nggi yangiliklar

19:19Рамазон Темиров UFC'даги кейинги жанги учун Таиландда тайёргарлик кўрмоқда (ФОТО) 0 18:40Оғир атлетикачиларимиз Ҳиндистондаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 18:16Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги UFC Боку турнири учун қизиқарли жанглар эълон қилинди 0 17:49Мессининг собиқ клуби банкротлик ёқасида 0 17:28Тошкентда ўтадиган Octagon 87 турнири асосий кардининг бир нечта жанглари тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:07Хабиб бир йил аввал Чимаевнинг Стрикленд билан жангдаги хатосини айтган эди 0 16:46Mangu 3 турнирининг қизиқарли жангларидан бири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:25"Манчестер Сити" Винисиусга даъвогарлик қилмоқда 0 16:04Шон Стрикленд кейинги рақиби ким бўлишини айтди 0 15:43Стрикленд — Чимаев билан треш-ток ҳақида: "Буни сизлар учун қилгандим, йигитлар" 0 15:22Британияда Жалолов — Итаума жангининг эҳтимолий санаси айтилди 0 15:01"Ливерпуль" "Реал"дан Хаби Алонсо ҳақида маълумот сўради 0 14:40"Тошкент, тайёрлан!". Жукембаев Эргашевга қарши жанг олдидан баёнот берди 0 14:19Хоразмда самбочилар хотира турнирида беллашди 0 13:58Дрикус дю Плесси Чимаев мағлубиятидан сўнг: "Менимча, яна чемпион бўламан" 0

16 dek 17:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Nodirjon Mirzahmedov jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatlari, O'zbekiston chempionatidagi g'alabasini kimga bag'ishlagani haqida gapirdi

Bir hafta davomida "Yunusobod" sport majmuasi mezbonligida o'tgan boks bo'yicha O'zbekiston chempionati kuchlilarni saralab berdi.

- 48 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzaahmedov finalda SHodiyor Meliqo'zievni mag'lub etib, ushbu vaznda tengsiz ekanligini yana bir bor isbotladi. Final jangidan so'ng Mirzahmedov saytimz uchun intervyu berib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- Avvalombor, assalomu alaykum. CHempionatda jangdan-jangga kuchli bo'lib bordim deb o'ylayman. O'zimga ko'proq finalda o'tkazgan jangim yoqdi. CHunki ustozlarimiz bizga jangdan-jangga kuchayib borgan bokschi yaxshi bokschi deb o'rgatishgan. 

- Jangdan so'ng hisobni elon qilishda to'xtalish bo'lib qoldi...

- Ha, jangdan keyin biroz to'xtalish bo'ldi. Menimcha, bunga sabab texnik nosozlik, ochkolar kompyuterda emas, qog'ozda hisoblangani bo'ldi deb o'ylayman. SHuning uchun, hisobni elon qilishda biroz to'xtalish bo'lib qoldi.

- Sizni Osiyo chempionatida ishtirok etishingizni ko'pchilik kutgandi. Lekin qita birinchiligida qatnashmadingiz. Jahon chempionatida sizni ko'ramizmi?

- O'zbekiston chempionatidagi g'alaba jahon chempionati sari birinchi qadam bo'ldi deb o'ylayman. Osiyo chempionatida federaciyamiz rahbari yoshlarni ham ko'rishiz kerak, senga o'rinbosar zarur deb yoshlarga imkoniyat berishdi. O'zbekiston chempionatida birinchi raqamli ekanligimni isbotladim. Xudo xohlasa, jahon chempionatida qatnashaman degan umiddaman. Bundan buyog'iga ustozim bilan mashg'ulotlarni yanada kuchli olib boramiz. In SHa Allah jahon chempionatida yaxshi natija qayd etaman.

- Ko'ryapmiz, biroz jarohat ham bor. Bu jarohatlar qaysi jangdan?

- Jarohatlar jangdan-jangga ko'payib boraverdi. Birinchi jangimda ham, ikkinchisida ham bo'ldi. Bilasiz, bu - boks. Har xil zarbalar tegadi, siz ursangiz, sizni ham urishadi. Janglar natijasida mana shu jarohatlar kelib chiqdi. 

SHuningdek, bokschining murabbiyi Rinat Yusupov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

"Bugun shogirdim meni juda ham xursand qildi. Yaxshi jang bo'ldi. Uch karra O'zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo'ldi. Bundan tashqari, Nodirbek ikki karra Osiyo chempioni bo'lgan. Uchinchisida esa olishmadi. Serbiyadagi jahon chempionatida 5-o'rinni qo'lga kiritgandi. Nodirbekka omad tilayman. Mehnat qilsa hammasi bo'ladi. Keyingi yil Toshketda bo'ladigan jahon chempionatida chempion bo'lishga harakat qilamiz", - dedi Rinat Yusupov. 

"Yana bitta narsani aytib o'tishim kerak",- deya Nodirjon murrabiyining faoliyatida quvonchli kun bo'lganini takidladi. 

"8 dekabr kuni ustozim Rinat akani bitta zalda o'zbek boksi uchun murabbiy bo'lib ishlayotganlariga 50 yil bo'ldi. Men O'zbekiston chempioatida g'alaba qozonib, ushbu yutug'imni murabbiyimning yubileylariga bag'ishlayman deb niyat qilgandim. SHukrki, Allohni qudrati bilan chempioni bo'ldim. G'alabamni ustozimga bag'ishlayman", - deya so'zlarini yakunladi Mirzahmedov. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing