04 jan 14:35
Yangiliklar
“North American Open 2025”: SHaxmatchimiz kuchli raqobatda chempion bo'ldi
Nufuzli musobaqa yakunlariga ko'ra, o'zbekistonlik shaxmatchilar kuchli xalqaro raqobat sharoitida yuqori natijalar qayd etib, mamlakatimiz shaxmat maktabining salohiyatini yana bir bor isbotlashdi.
Xususan, grossmeysterimiz Abdimalik Abdusalimov 125 nafar shaxmatchi o'rtasida 6,5 ochko jamg'arib, musobaqa g'olibiga aylandi. Ikkinchi o'rin eronlik grossmeyster Gaem Magami Ehsonga, bronza medali esa hindistonlik grossmeyster Kustav CHatterjiga nasib etdi.
SHuningdek, hamyurtlarimizdan xalqaro toifadagi sport ustasi Muhammadali Abdurahmonov chempion bilan bir xil - 6,5 ochko bilan musobaqani qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-pog'onada yakunlagan bo'lsa, xalqaro toifadagi sport ustasi Saidakbar Saydaliev 5,5 ochko bilan 27-o'rinni egalladi.

Fikrlar