02 mar 08:46
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich Dubayda 1/4 finalga chiqdi
BAAning Dubay shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich ATP reytingida 39-o'rinda borayotgan niderlandiyalik Tallon Grikspurni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/3.
Jokovich o'zaro uchrashuvlardagi hisobni 2:0 ko'rinishiga keldi. Bir soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 8, Grikspur esa 12 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Serbiyalik tennischi 1/4 finalda polshalik Xubert Gurkachga qarshi kortga chiqadi. Gurkach o'z o'rnida rossiyalik Pavel Kotovdan ustun kelgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar