13 dek 14:44
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich: "Hamisha ularga dushman bo'lib kelganman"
ATP reytingi etakchisi Novak Jokovich tribunadagi muxlislarning dushman kabi munosabatlariga qanday kayfiyatda bo'lishini aytdi.
"Tribunadagilar menga qarshi bo'lganlarida menda bosim va stress ko'proq bo'ladi. Faoliyatimning katta qismini tribunaga qarshi dushmanlik bilan o'tkazdim. Ularga qarab o'sishni ham o'rgandim.
Odamlar bu men uchun yaxshi deb o'ylashadi, meni yana ham yaxshiroq harakat qiladi deya hisoblashadi. Bazida shunday bo'lib turadi ham. Lekin tribuna meni qo'llab-quvvatlasa, yaxshiroq o'ynayman va bu menga yoqadi", - dedi Jokovich.
Havola :
Manba : atptour.com
Fikrlar