28 jan 17:42
Yangiliklar
Novak Jokovich: "Ko'p bor bunday vaziyatga tushib qolganman"
Yarim finalda u serbiyalik Tommi Polni (7/5, 6/1, 6/2) mag'lub etdi. Finalda Jokovich Stefanos Cicipas bilan to'qnash keladi.
"Men uchun bu juda qadrli. Ayniqsa, faoliyatimning hozirgi bosqichida. Menga yirik uchrashuvlar kerak va shunday darajada tennis o'ynash uchun yoqilg'i hali ham borligidan xursandman. Stefanos ikki kundan keyin ko'rishamiz.
To'g'risini aytsam, o'zimni turnir boshida bo'lgani kabi yangi his qilmayapman. Tennis bo'yicha besh setli formatda raqobatga tayyor ekanligimga ishonch hosil qilish uchun ko'p mehnat qildim. Ko'p bor bunday vaziyatga tushib qolganman va tajriba yordam berishiga ishonaman. Kortdagi har bir oyin kurashdan iborat. Birinchi o'yin oxirida xotirjam edim va juda erkin o'ynadim. Yana bir finalga chiqqanimdan juda xursandman", - dedi Jokovich kortda bergan intervyusida.
Fikrlar