So’nggi yangiliklar

14:24Сауль Альварес - Теренс Кроуфорд жанги 65 минглик аренада ўтказилади 0 14:03Порье хайрлашув жангини кимга қарши ўтказишни истаганини айтди 0 13:42Медведев фаолиятида 400-ғалаба, у Топ-10`га қайтади 0 13:21Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум 0 13:00Порье Топурия — Оливейра жанги учун тахминини айтди 0 12:39Уайт Жон Жонс ва Том Аспиналл жанги ҳақида: "Яқин икки ҳафта ичида аниқ жавоблар бўлади" 0 12:18Бугун 105 000 доллар мукофот жамғармасига эга UzChess Cup турнири бошланади 0 11:57Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади 0 11:36"Меҳнат, меҳнат, меҳнат". Нурсултон Рўзибоев машғулотларни давом эттирмоқда + ФОТО 0 11:15Баку мезбонлик қиладиган UFC on ABC 8 турнирининг тўлиқ карди ва бошланиш вақти билан танишинг 0 10:54Бугун Париж-2024 Олимпиадаси совриндорларимиз Жаҳон чемпионати медаллари учун татамига чиқади 0 10:33Об-ҳаво сабаб 30 дақиқага тўхтаб қолган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди + ВИДЕО 0 10:12Чарльз Оливейра ҳақида фильм суратга олинади 0 09:51Баҳодир Жалолов Дмитрий Бивол билан бирга машғулот ўтказди + ФОТО 0 09:30Камару Усман: "Махачев билан яхши муносабатдамиз, аммо..." 0

13 iyu 17:10
Yangiliklar

Tennis

Novak Jokovich - tarix yozgan tennis qiroli!

Teglar :  Novak Jokovich
Novak Jokovich Kasper Ruudni mag'lub etib, "Rolan Garros" chempioniga aylanganidan xabaringiz bor.

Endi u so'zsiz tarixdagi eng buyuk tennischi! Jokovich bu g'alaba orqali "Katta Dubulg'a" turnirlaridagi chempionlik unvonlari sonini 23 taga etkazib oldi. U 22 ta "Ulkan Toj" unvoniga ega ispaniyalik Rafael Nadalni ortda qoldirib, erkak tennischilar o'rtasida yagona rekordchiga aylandi.

Gigant

Professional tennisda (1968 yildan beri) u hozir Serena Uilyams bilan chempionlik rekordini bo'lishmoqda. Yani, ayni paytda ikki tennischida ham 23 tadan "Katta Dubulg'a" chempionligi bor. 

Agar havaskorlar davrini ham hisobga oladigan bo'lsak, ularni faqat 24 ta “Katta Dubulg'a“ni qo'lga kiritgan Margaret Kort ortda qoldiradi. Ammo unutmaslik kerakki, uning davrida raqobat darajasi ancha past edi. Ayniqsa, uning sevimli Avstraliya Ochiq chempionatida. SHu bilan birga, Jokovich erkaklar tennisi tarixidagi eng boy "Ulkan Toj" to'plamiga ega: faqatgina u to'rtta "Katta Dubulg'a" turnirini uch martadan yutgan.

Jokovich va Leyver professional erkak tennischilar tarixida ketma-ket to'rtta "Katta Dubulg'a"da g'alaba qozongan yagona tennischilardir. Avstraliyalik buni 1969 yilda amalga oshirgan, Jokovich esa 2015-2016 yillarda. Ammo Leyverdan farqli o'laroq, serbiyalik buni bir yilda emas, ikki mavsumda amalga oshirgan.

Jokovich va Nadal bir mavsumda "Katta Dubulg'a"ni uch xil kortda yutgan tarixdagi yagona erkak tennischilardir. Ispaniyalik buni 2010 yilda ("Rolan Garros", "Uimbldon", US Open), serbiyalik esa 2021 yilda (Australian Open, "Rolan Garros", "Uimbldon") amalga oshirgan.

36 yoshli Jokovich hozirda eng keksa "Rolan Garros" chempioni hisoblanadi. Bu borada u o'tgan yili 36 yoshu 2 kunligida chempionlikni qo'lga kiritgan Nadalni ortda qoldirdi.

Umuman olganda, ochiq davrda faqat ikki tennischi Jokovichdan katta bo'lganida "Ulkan Toj"ni yutgan: Rojer Federer (Australian Open-2018 da 36 yoshu 5 oy) va Ken Rouzoll (1972 yilgi Australian Open'da 37 yoshu 2 oy).

Serbiyalik 30 yoshdan keyin qo'lga kiritgan "Katta Dubulg'a"lar soni bo'yicha umuman tarixda etakchi hisoblanadi. Unda bu ko'rsatkich 11 tani tashkil etadi. Jokovich, shuningdek, "Katta Dubulg'a" finallari bo'yicha ham rekordchi (34). Va faqat u har bir "Katta Dubulg'a" turnirida kamida etti marta hal qiluvchi o'yinga chiqqan.

U va Nadal bitta "Ulkan Toj"ni 10 yoki undan ortiq qo'lga kiritgan yagona tennischilardir. Jokovich Australian Open'da 10 ta, Nadal "Rolan Garros"da 14 ta chempionlikka ega.

Bu erda bir qiziq jihat bor. Jokovich Nadalni o'zining eng kuchli "Katta Dubulg'a" turnirida ikki marta mag'lub etgan, Nadal esa Avstraliya Ochiq chempionatida - hech qachon.

"Masters" turnirlariga etibor beradigan bo'lsak, u holda Jokovich eng titulli tennischi hisoblanadi. U 38 ta chempionlikka ega (Nadal 36 ta bilan ikkinchi) va ushbu toifadagi to'qqizta turnirning barchasida g'olib chiqqan yagona sportchidir.

SHuningdek, u Yakuniy turnirda eng ko'p chempionlik rekordini Federer bilan bo'lishib turibdi - oltita. Hozir esa uning 67 ta “Katta unvon“ ("Katta Dubulg'a", “Masters“, Yakuniy turnir va Olimpiada) deb ataladigan unvonlari bor. Yana tarixdagi eng ko'pi.

Uning hisobida jami 94 ta sovrin bor. U bu ko'rsatkich bo'yicha Ivan Lendlga etib oldi va faqat Federer (103) va Jimmi Konnors (109) dan ortda qolmoqda. "Rolan Garros" finalida Jokovich Top-10`dagi tennischiga qarshi o'yinda o'zining 245-g'alabasini qo'lga kiritdi - bu yana bir rekord! Federer 224 g'alaba bilan ikkinchi o'rindan joy olgan.

Uning kuchli o'ntalikdagi tennischilarga qarshi g'alabasi 69,2%. Faqat Byorn Borg undan yaxshiroq ko'rsatkichga ega - 71,1%.

Umuman olganda, Jokovich 1268 o'yin o'tkazib, 1058 tasida g'alaba qozongan - 83,4%. Bu kamida 500 ta o'yin o'tkazganlar orasida tarixdagi eng yuqori ko'rsatkichdir. Ikkinchi o'rinni egallab turgan Nadal 82,9 foizga ega.

So'nggi yillarda Serbiya va ispaniyalik ATR reytingining yuqori pog'onasidagi o'rinlarini muntazam ravishda almashib turishgan bo'lsa, endi Novak o'zini etakchi sifatida ko'rsatdi.

"Rolan Garros"dagi g'alaba tufayli Jokovich reytingning birinchi qatoriga qaytdi. Birinchi o'rinda u allaqachon 387 haftani o'tkazgan - bu erkaklar va ayollar Turi uchun rekorddir. Bu ketishda u ketma-ket 400 hafta reytingda birinchi o'rinni egallagan birinchi tennischiga aylanadi.

SHuningdek, u mavsumni etti marta rekord natija bilan dunyoning 1-raketkasi sifatida yakunlagan. Albatta, Jokovichda katta ehtimol bilan hali beri hech bir tennischi etolmaydigan rekordlar bor. Ammo unda tarixdagi eng buyuk tennischi deb hisoblanish uchun allaqachon ko'proq narsa bor.

Xurshida Abdikulova tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing