29 okt 13:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedovning menejeri "katta yangiliklar" haqida malum qildi
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdul Aziz o'z tvitterida "katta yangiliklar" kutilayotgani haqida malum qildi.
Ammo, u gap nima haqida ketayotganini yozgani yo'q.
"Bizda katta yangiliklar bor! Ular aqldan ozdiradi", - deb xabar qoldirdi Abdul Aziz o'z tvitterida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Xabib sobiq bokschi Floyd Meyvezerga qarshi jang qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar