21 may 13:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev: "Jang reja bo'yicha ketmadi"
O'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev Dastin Stolcfusga qarshi kechgan to'qnashuvi haqida gapirdi.
"Jang reja bo'yicha ketmadi, lekin yutganimdan xursandman. Birinchi raunddayoq hammasi o'zgarib ketdi. Raqibim menga hech qanday syurpriz tayyorlamagan ekan. Faqat jangni qabul qilgan paytimda bitta xavfli zarbasi borligini payqagandim. Bilmadim, nimagadir o'sha zarbaga to'g'ri kelib qoldim. Boshqa yangilik ko'rmadim. Lekin zarbalarimni ko'tardi", deydi Ro'ziboev.
19 may tongida bo'lib o'tgan bellashuvda Nursulton Germaniya vakili Dastin Stolcfusni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar