28 iyu 11:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev kechagi g'alabasidan so'ng Xoakin Bakli bilan revansh haqida gapirdi
O'zbekistonlik UFC jangchisi Boku turnirida rossiyalik Andrey Pulyaevni mag'lub etib, Ligadagi rekordini 5-1 ko'rinishiga keltirgandi.
"Men uchta g'alabali seriyadaman. Bakli esa ikki mag'lubiyatli seriyada kelyapti. Agar Xoakin Bakli xohlasa, o'rta vaznga ko'tarilsin, 84 kg vaznda revansh jangini o'tkazamiz. Faqat bu safar ikki oylik to'liq mashg'ulot yig'inini o'tkazib, keyin jang qilaman", dedi Ro'ziboev.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz kecha Bokuda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 280 turniri doirasida Andrey Pulyaevni birinchi raundda sabmishen orqali taslim etgandi.

Havola :
Manba : oktogonuz
Fikrlar