15 avg 14:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev: "Kurashga ham, tik turgan holda jang qilishga ham tayyorman"
Hamyurtimiz bo'lajak jangi hamda raqibi haqida gapirdi.
"Men o'zim ham yarim o'rta vazn toifasida (77 kg) jang qilganman. Unda ham shunday holat: o'rta vaznga endi o'tdi. Lekin adashsam, 2 yoki 3 ta jangda u vazn qila olmagan va shuning uchun ham yuqori divizionga ko'tarildi. Bilmadim, jangda nima bo'ladi. Oktagonga chiqqanda bilinadi hammasi, lekin tik turgan holatda ham, kurashda jang qilishga ham tayyorman Xudo xohlasa", deb aytib o'tdi Ro'ziboev.
Nursulton kelayotgan yakshanba tongida UFC 319 turniri doirasida amerikalik Brayan Battlga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : Full Send MMA
Fikrlar