31 iyu 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev oktagonga chiqadigan turnirga yana bir jang qo'shildi
Parij turniri ukrainalik aralash yakkakurash ishtirokidagi jang evaziga boyidi.
Yarim o'rta vazn toifasidagi Daniil Donchenko amerikalik Punaxili Sorianoga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jang 5 sentyabr kuni Parij shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 287 turniri kardidan joy oldi. Jang tashkil etilishi haqida sport insayderi Marsel Dorff xabar berdi.
Daniil Donchenko tashkilotda mag'lubiyatsiz odimlamoqda. U uchta jangda g'alaba qozongan: Aleks Morononi hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan, shuningdek, Rodrigo Sezinando va Teodor Berggrenni texnik nokaut evaziga taslim qilgan.
Punaxili Soriano esa to'rt g'alabali seriyani qayd etmoqda. U o'zining so'nggi jangida hakamlarning yakdil qarori bilan Ramiz Braximay ustidan g'alaba qozongan.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar