So’nggi yangiliklar

07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0

18 may 16:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev "vyzov" tashlagan jangchi kim?

Xabaringiz bor, bugun AQSHda o'tgan UFC turniridagi g'alabasidan so'ng Nursulton Ro'ziboev navbatdagi jangini Bo Nikalga qarshi o'tkazmoqchi ekanini aytgandi.

Xo'sh, amerikalik aralash yakkakurash ustasi haqida nimalar malum? Bo Nikal - 1996 yilning 14 yanvar kuni AQSHning Kolorado shtati Rayfl shaharchasida dunyoga kelgan. Oilasi bilan Vayoming shtatiga ko'chib o'tganidan keyin uning sportdagi faoliyati boshlanadi. U o'qish bilan parallel ravishda erkin kurash bilan shug'ullangan. 

2013 yilda o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashib, yakunda 76 kg vaznda kuchli beshlikdan joy olgan. 2019 yil 92 kg vazn toifasida AQSH Ochiq chempionati g'olibiga aylandi. SHu yil 23 yoshgacha bo'lgan kurashchilar o'rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritdi. Universitetlar o'rtasida o'tkaziladigan NCAA chempionatlarida Pensilvaniya shtati universiteti tarkibida uch bor (2017, 2018, 2019) chempion bo'lgan.

Tokio-2020 Olimpiadasiga saralash musobaqasida qatnashgan, ammo universitetdagi jamoadoshi Devid Teylorga imkoniyatni boy berib, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasidan qolib ketgandi. Aynan Olimpiada saralashidagi omadsizlikdan so'ng u o'zini MMAda sinab ko'rishga ahd qildi. 

2022 yiling 3 iyun kuni Xorxe Masvidal tomonidan tashkil etilgan iKon FC 3 turnirida MMAdagi debyutini o'tkazdi. U 33 soniyada Jon Nolandni nokautga uchratdi. O'sha yilning 9 avgustida Dana Uayt davogarlar saralash turnirida Zak Borregaga qarshi jang o'tkazib, raqibini bir daqiqada bo'g'ib qo'ydi. Oradan 10 hafta o'tib, 27 sentyabr kuni u navbatdagi Dana Uayt davogarlar saralash turnirida oktagonga chiqdi. Bu safar Bo Donovan Birdani 52 soniyada bo'g'ish usuli bilan taslim etdi. Aynan shu jang unga UFC eshiklarini ochdi.

2023 yilning 4 may kuni Nikal dunyoning eng kuchli Ligasida debyut qildi. Qizig'i, promoushen rahbarlari uni debyut jangidayoq raqamlangan turnir kardiga qo'yishdi. UFC 285 turnirida u Jeymi Pikettni ikkinchi daqiqada uchburchak usulida bo'g'ib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi jangdayoq uni turnir bonusiga loyiq ko'rishdi. 

Bugungacha, yani o'tgan ikki yil ichida u UFC promoushenida 8 ta jang o'tkazishga ulgurdi. Hisobida 7 g'alaba va 1 mag'lubiyat bor. Yagona mag'lubiyatini so'nggi jangida qabul qilib olgandi. SHu yilning 3 may kuni AQSHning Ayova shtati De-Moyn shahrida o'tkazilgan UFC on ESPN 67 turnirida Rene de Ridderga texnik nokaut bilan yutqazib qo'ygandi. Sendxagen - Figeredo oqshomidan o'rin olgan ushbu jangning ikkinchi daqiqasida Ridder tizzasi bilan bergan zarbasi evaziga Bo Nikolni texnik nokautga uchratgandi.    

Nursulton Ro'ziboev asosiy bazasi erkin kurash bo'lgan Bo Nikol bilan jang qilish istagini bildirdi. O'rta vazn toifasda muvaffaqiyatli odimlayotgan amerikalik aralash yakkakurash ustasi 7 ta g'alabasidan 6 tasini muddatidan avval qo'lga kiritgan. Bugun ayniqsa, birinchi raundda parterda qiynalgan Nursultonga aynan parterda jang qilishni xush ko'radigan raqib bilan to'qnash kelish katta tavakkal!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing