15 avg 13:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboev: "Yil oxirigacha UFC'dagi o'zbeklar ko'payib qolamiz"
O'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi o'zbekistonlik sportchilar haqida gapirdi.
"UFC'da o'zbeklar hozircha uch nafarmiz. Lekin Ligaga kirish uchun yaqin bo'lib turgan sportchilar O'zbekistonda etarlicha topiladi. Ayniqsa, bizni O'zbekistonda UFC'ga nisbatan qiziqish juda ham yuqori. Buni ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislarimizning faolligidan ham bilasizlar.
Nasib, shu yil oxiri yoki keyingi yil boshigacha UFC'dagi o'zbeklar ko'payib qolamiz. Yigitlarning hammasi harakat qilyapti. Agar yana bir-ikki nafarga ko'paysak, UFC turnirini O'zbekistonda ham o'tkazarmiz", dedi Ro'ziboev.
Nursulton Rziboev 17 avgust tongida UFC 319 turniri doirasida amerikalik Brayan Battlga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : Full Send MMA
Fikrlar