19 iyu 13:57
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboevning "Venom"ga qarshi jangi asosiy karddan o'rin oldi
Hamyurtimizga Parij shahri mezbonlik qiladigan turnirda Angliya vakili, tajribali Maykl "Venom" Peyj raqib bo'ladi.
O'rta vazn toifasidagi bellashuv musobaqaning asosiy kardiga kiritildi.
Nursulton Ro'ziboev faoliyati davomida hozirga qadar 48 ta jang o'tkazib, 37 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. U 27 iyun kuni Baku (Ozarbayjon) mezbonlik qilgan UFC Fight Night turnirida rossiyalik Andrey Pulyaevni birinchi raundda sabmishen orqali taslim etib, g'alabali seriyasini uchtaga etkazib olgandi.
39 yoshli Maykl Peyj hisobida esa 25 ta g'alaba hamda 3 ta mag'lubiyat bor. U ham oxirgi uchta jangini muvaffaqiyatli nihoyalagan. SHara Bullet, Jared Kannonir va Sem Petterson uning so'nggi "o'ljalari" edi.

Fikrlar