11 okt 09:05
Yangiliklar
Taekvondo
Nyu-Yorkda o'tgan Big Apple turniridan 3ta oltin, kumush va bronza bilan
8-9 oktyabr kunlari AQSHning Nyu-York shahrida taekvondoning ITF yo'nalishi bo'yicha nufuzli xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
O'z tarixida 12-marotaba o'tkazilgan Big Apple turnirida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham munosib tarzda ishtirok etdi. Xalqaro turnirda 450 nafarga yaqin ishtirokchi dayanga chiqdi.
Quvonarlisi, hamyurtlarimizdan uch nafari oltin medallarni qo'lga kiritishdi. Umar Abduvohidov 10-11, aka-uka Botirali va Bobirali Merkamedboevlar mos ravishda 16-17 hamda 14-15 yoshlilar bahsida shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.
Bundan tashqari, Maftuna Rahmatullaeva 8-9 yoshli qizlar o'rtasida kumush, Islombek Rahmatullaev 7-8, Amaliya Kook 6-7 yoshlilar guruhida bronza medalini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar