12 sen 09:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Octagon liganing o'zbekistonlik chempioni ilk bor o'z kamarini himoya qiladi
Oktyabr oyida Octagon liga o'zining 51-musobaqasini 21 oktabr kuni Olm-Otada tashkil etadi.
Liga matbuot xizmatining malum qilishicha, musobaqaning markaziy jangida yarim engil vazn toifasida o'zbekistonlik Octagon chempioni Muhammadjon Qurbonov (10-4-0) o'z kamarini tojikistonlik Farhod Davlyatov (7-2-0)dan himoya qiladi. Ular o'rtasidagi jang 5 raund etib belgilangan.
Eslatib o'tamiz, Muhammadjon Qurbonov mart oyida qirg'izistonlik Argenbek Abdikadir Uluuni engib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
Farhod Davlyatov esa o'zining oxirgi jangini o'tgan yilning dekabr oyida qirg'izistonlik Arseniy Azamat Uluuga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.
Havola :
Fikrlar