So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

17 dek 15:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Odiljon Aslonov: "Dilshodbek Ro'zmetov bilan 4 marta to'qnash kelib, 3 tasida g'alaba qozonganman"

Teglar :  Odiljon Aslonov
Boks bo'yicha O'zbekiston chempionatida - 80 kg vazn toifasida xorazmlik Dilshodbek Ro'zmetovni mag'lub etib, chempionga aylangan Odiljon Aslonov jangdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'zbekiston chempionatiga jiddiy yondoshamiz. Dilshodbek Ro'zmetovga emas, balki barcha raqiblarga jiddiy qaraymiz. CHunki bu O'zbekiston chempionati. Har xil nomlar, yosh bokschilar kashf etilishi mumkin. SHuning uchun biz biror raqibga oddiy nazar bilan qaramaymiz. 

- Bu erda raqib bo'lsangiz-da, aslida barcha bokschilar bilan bir jamoasizlar...

- Biz bir jamoamiz va hammamizning maqsadimiz O'zbekiston bayrog'ini balandga ko'tarish. 

- Dilshodbek Ro'zmetov siz uchun azaliy raqib hisoblanadi. U bilan umumiy necha marta uchrashgansiz va hisob qanaqa ko'rinishda?

- Dilshodbek Ro'zmetov bilan adashmasam to'rt marta to'qnash kelganmiz. Ruminiyadagi turnirda finalga chiqqanimizda jarohatim borligi tufayli ringga chiqmaganman va menga texnik mag'lubiyat yozilgan. SHukrki, qolgan barcha janglarda g'alaba qozonganman. 

- O'z vazningizda oldinda turgan jahon chempionatida asosiy nomzodsiz... 

- Hamza Avezov, Ravshan Xodjaev va Nodir G'ulomov bilan maqsadimiz bor. SHunga qarab harakat qilyapmiz. Xudo xohlasa, bu g'alabani jahon chempionati va Osiyo o'yinlariga birinchi qadam deb hisoblayman. 

- Prof boksdagi faoliyatingiz qanday davom etyapti?

- Promouterlar bizga aloqaga chiqishyapti. Ular menga jang berishmoqchi. Hozircha asosiy musobaqalarni o'tkazib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilganimdan keyin prof boksga qaytish niyatim bor.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing