28 jan 19:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Odiljon Aslonov Ekaterinburgdagi jangda g'alabaga erishdi
Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida navbatdagi professional boks kechasi o'tkazilmoqda.
Ushbu jang oqshomi doirasida charm qo'lqop ustamiz Odiljon Aslonov o'zining prof ringdagi to'rtinchi jangini o'tkazdi. Buxorolik bokschimizga mazkur jangda rossiyalik Maksim Smirnov raqiblik qiladi.
8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Odiljon ochkolar evaziga g'alabaga erishdi.
Malumot uchun, bu Odiljon Aslonov uchun prof boksdagi 4-jang edi. U janglarining 3 tasida g'alaba qozongan. 1 ta jangda durang qayd etgan.
Smirnov esa 29 ta jang o'tkazib, 9 g'alaba, 15 mag'lubiyat va 5 ta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar