So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

16 iyu 12:14
Yangiliklar

Boks/MMA

Odiljon Aslonov o'z g'alabasi bilan "Kama"ga bosh sovrinni taqdim etdi FOTOGALEREYA

Teglar :  Odiljon Aslonov
Kecha Rossiyaning Orenburg shahrida "G'alaba kubogi" Butunrossiya turnirining to'rtinchi bosqichi doirasidagi superfinal va uchinchi o'rin uchun bahslar bo'lib o'tdi.

Finalda "Kama" va "Leningrad" jamoalari o'zaro to'qnash keldi. Turnir professional boks formatida beshta vazn toifasida (-58, -65, -73, -80 va 86 kg) o'tkazildi. Barcha janglar to'rt raund etib belgilangandi.

Biz uchun etiborlisi, hamyurtimiz Odiljon Aslonov (5-0-1) finalda jang qilgan "Kama" jamoasi tarkibida rossiyalik Dmitriy Karmanovga qarshi ringga ko'tarildi va raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. To'rt raunddan faqat bittasida Karmanov ustunlikka erishgan.

SHu tariqa, final bahsida "Kama" jamoasi "Leningrad" bokschilari ustidan umumiy 3:2 hisobida ustun kelib, bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. Aslanovning g'alabasi jamoasining umumiy muvaffaqiyatiga zamin yaratgan. "Kama" ikkinchi bor "G'alaba Kubogi"da zafar quchdi. O'tgan yilgi finalda ham "Kama" aynan "Leningrad" jamoasini xuddi shu hisobda taslim etgan edi.  

Uchinchi o'rin uchun kechgan qarama-qarshilikda esa "Moskva" jamoasi "Kavkaz" bokschilaridan 3:2 hisobida ustun kelishdi. "Moskva" o'tgan yili ham uchinchi o'rinni egallagandi. 

"G'alaba Kubogi"ning mukofot jamg'armasi 7,5 million rublni tashkil qiladi. G'alaba qozongan jamoa uch million, ikkinchi o'rin egasi ikki, uchinchi o'rin sohibi esa bir million rubl pul mukofotini qo'lga kiritdi. Bokschilar bugungi o'z g'alabalari uchun 30 ming rubldan pul mukofotiga ham ega bo'lishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing