So’nggi yangiliklar

17:16Australian Open. Янник Синнер ҳам ярим финалга чиқди 0 16:40Волкановски Царукяннинг ярим енгил вазнга тушиши эҳтимоли ҳақида фикр билдирди 0 16:16Саудияликлар Усман Дембеле учун йирик таклиф тайёрлашмоқда 0 15:39"Ҳеч қандай баҳона йўқ". Пимблетт Гэтжига мағлубиятдан сўнг пост қолдирди 0 15:17Australian Open. Аёллар ўртасидаги баҳсларда ярим финалчилар маълум, улар орасида Қозоғистон вакиласи ҳам бор 0 14:51Арман Царукян UFC’да иккиталик чемпион бўлишни истайди 0 14:25Пол Скоулз: "Арсенал" АПЛ тарихидаги энг ёмон чемпион бўлиши мумкин" 0 14:01Адесанья: "Оқ уйдаги турнир? Сиёсатчилар тўдаси олдида жанг қилишни истамайман" 0 13:39Australian Open. Жокович 0:2 ҳисобида ютқаза туриб, ярим финалга йўл олди 0 13:17"Мен учун осон пуллар". Царукян навбатдаги жангни кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 12:5330 январь - ЎФА конгресси ва тақдирлаш маросими 0 12:32Арман Царукяннинг RAF Лигасидаги янги рақиби эълон қилинди 0 12:11Шахматчиларимиз Рустам Қосимжонов ва англиялик мураббий қўл остида машғулот олиб бормоқда (ФОТО) 0 11:50Петр Ян: "UFC унга реваншни кафолатлаб берди" 0 11:29Юрген Клопп Германияда янги лига ташкил этиш устида ишламоқда 0

14 iyu 07:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Odiljon Aslonovning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum

Teglar :  Odiljon Aslonov
Odiljon Aslonov Rossiyada ringga chiqadi.

15 iyul kuni Rossiyaning Orenburg shahrida "G'alaba kubogi" Butunrossiya turnirning to'rtinchi bosqichi doirasida superfinal va uchinchi o'rin uchun bahslar bo'lib o'tadi. Finalda "Kama" va "Leningrad" jamoalari to'qnash keladi. Bronza uchun "Moskva" hamda "Kavkaz" jamoalari bellashadi. 

Musobaqalar professional boks formatida beshta vazn toifasida (-58 kg, -65 kg, -73 kg, -80 kg, 86 kg) o'tkaziladi. Jang har biri uch daqiqadan to'rt raund davom etadi. 

Etiborlisi, hamyurtimiz Odiljon Aslonov finalda jang qiladigan "Kama" jamoasi tarkibida ringga chiqadi. Quyida sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan juftliklar bilan tanishishingiz mumkin.


KAMA" (Volga federal okrugi bokschilari) - "LENINGRAD": 

-58 kg. Ruslan Belousov (Saransk) - Vsevolod SHumkov; 

-65 kg. Gabil Mamedov (Orenburg) - Ilya Popov; 

-73 kg. Dmitriy Dvodnenko (Orenburg) - Pavel Sosulin; 

-80 kg. Odiljon Aslonov (O'zbekiston) – Dmitriy Karmanov (Xabarovsk); 

86 kg. Abubakar-Salah Mutselxanov (Orenburg) - Andrey Tyufyakov.


 "MOSKVA" - "KAVKAZ" (SHimoliy Kavkaz federal okrugi): 

-58 kg. Danila SHutov - Jabroil Ireziev (CHecheniston Respublikasi); 

-65 kg. Ruslan Kanunnikov -Usman Magomadov (CHecheniston Respublikasi); 

-73 kg. SHaxobjon SHukurov - CHeerav Ashalaev (Dog'iston Respublikasi);

-80 kg. Abdulkadir Gadjiev - Beshto SHavlaev (CHecheniston Respublikasi);

86 kg. Evgeniy Zemlyakov - Tamerlan Turgunov (Qrim Respublikasi).

"G'alaba kubogi"ning mukofot jamg'armasi 7,5 million rublni tashkil qiladi. G'alaba uchun jamoa uch million rubl, ikkinchi o'rin uchun ikki million, uchinchi o'rin uchun bir million rubl oladi. SHu bilan birga, har bir g'alaba uchun bokschilar 30 ming rubldan pul mukofotiga ega bo'lishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing