22 dek 10:53
        Yangiliklar	
	
				
				    Gimnastika, Boshqalar, Bolalar sporti			    
				
				
			
				Oksana CHusovitina: “Orzuim - sakkizinchi Olimpiada!”
Ettita Olimpiadada ishtirok etgan mashhur gimnastikachimiz Oksana CHusovitina kuni kecha Moskvadagi xalqaro turnir g'olibiga aylangandi.
			
Ushbu musobaqa yakunida hamyurtimiz o'z rejalari bilan o'rtoqlashdi.
“Moskvadagi turnirda eng murakkab elementlardan iborat chiqishimni amalga oshirdim. Bu menga g'alaba keltirdi. Endi yanvar oyining oxirlarida Amerikadagi turnirda ishtirok etaman.
2018 yilning eng muhim musobaqasi - bu jahon chempionati hamda Osiyo o'yinlaridir. Orzuim - o'zim uchun sakkizinchi Olimpiada ishtirok etish”, - dedi 42 yoshli CHusovitina.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar