So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

12 iyu 14:40
Yangiliklar

Gimnastika

Oksana CHusovitina o'tirgan samolyotda bomba bo'lgan ekan

Xabaringiz bor, o'tgan hafta afsonaviy gimnastikachimiz, ettita Olimpiadada ishtirok etgan kurrai zaminimizdagi yagona sportchi Oksana CHusovitina saytimiz mehmoni bo'lgan edi.

42 yoshli qarshilagan va hali katta sportdan ketish haqida umuman o'ylamayotgan Oksana bilan suhbatimiz juda ham qiziqarli va xushchaqchaq tarzda o'tdi. CHusovitina suhbat so'nggida qiziqarli malumotni aytib berdi. Uni sizlarga ham ilinishni lozim topdik.

– O'tgan yili AQSHdan Germaniyaning Frankfurt shahriga uchayotganimda men joy olgan samolyot bortida bomba bo'lgan, - dedi gimnastikachimiz. - Ha, bu hazil gap emas, ayni haqiqat. Biz favqulodda Nyu-York xalqaro aeroportiga qo'nishga majbur bo'lgandik. Okean ustida shunday ko'rinmas chiziq borki, samolyot undan o'tganidan keyin xohlasa ham ortga qayta olmaydi. Baxtimizga o'sha ko'rinmas chegaradan o'tmagan ekanmiz.


Eng qizig'i, samolyot pilotlari ixtiyorida 7 daqiqa vaqt bor edi. Ana shu vaqt ichida biz taxminan 10-15 ming metr balandlikdan aeroportga qo'nishimiz shart bo'lgan. Samolyot ikki daqiqada pastga erkin va majburiy “sho'ng'ish”ni amalga oshirishi kerak edi.

Etiborlisi, o'sha paytda uxlab qolgan ekanman. Ochig'i, nima bo'layotganini tushunmaganman. Nimaga Nyu-Yorkka qo'ndik, nima uchun hammani evakuaciya qilishyapti? Xuddi kinoga o'xshaydi. Haligacha bu daxshatli voqeani eslaganimda, ko'z o'ngim qorong'ilashib ketadi.  


Bilasizmi, samolyot bortida oz emas, ko'p emas 500 nafar yo'lovchi bo'lgan. Pilot samolyot bortiga bomba qo'yilganligi haqidagi xabarni o'sha zahoti aytgandi. CHunki, xalqaro meyorlarga ko'ra, pilot bu haqda bortdagilarga xabar berishi va ularni ogohlantirishi shart ekan.

Kimdir yig'lardi, ayrimlar iltijo qilishga tushib ketishgandi. Haqiqatan ham, daxshatli voqea bo'lgandi. Natijada reysimiz bekor qilingan edi. O'zi undan avval ham parvozlardan qo'rqar edim. O'tgan yilgi voqeadan so'ng qo'rquv yana oshdi.  


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing