16 sen 13:09
Yangiliklar
Oksana CHusovitina Parijdagi musobaqada oltin medalga ega chiqdi
Kelasi oy SHtutgartda bo'lib o'tadigan jahon chempionatidan avval o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib bergan mazkur musobaqada 44 yoshli Oksana CHusovitina o'zining ajoyib ishtiroki bilan barchani lol qoldirdi.
O'zining sevimli tayanib sakrash yo'nalishida qatnashgan Oksana finalda 14.300 ball bilan oltin medalni qo'lga kiritdi. Kumush va bronza medallari Vengriya hamda CHili terma jamoasi vakilalariga nasib etdi. CHusovitina bilan elkama-elka xalqaro musobaqalar havosini olib kelayotgan yosh vakilimiz Indira O'lmasova mazkur musobaqada sakkizinchi natijani qayd etdi.
Sport gimnastikasi. Parij.
Tayanib sakrash
1. Oksana CHusovitina (O'zbekiston) – 14.300
2. Sara Peter (Vengriya) – 13.900
3. Francheska Santi (CHili) – 13.750 . . .
8. Indira O'lmasova (O'zbekiston) – 12.325
Fikrlar