03 dek 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Oktagon ichida mushakbozlik bo'ladi". CHendler Makgregor bilan jang haqida gapirdi
Mashhur UFC jangchisi Maykl CHandler ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor bilan jang o'tkazish ehtimoli haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
“Agar bizning jangimiz bo'lsa, hamma meni boshqa tomondan ko'ra oladi. Men o'z so'z boyligimni yaxshi bilaman va lingvistik jiu-jitsudan foydalana olaman. SHunday qilib, shunchaki so'zlar orqali men raqibimni boshi berk ko'chaga olib kiraman, keyin esa uning eng oddiy darajada haqorat qilishdan boshqa iloji qolmaydi. Ko'ramiz. Tan olaman men Konorni jangchi sifatida hurmat qilaman va hatto uning haqoratli nutqini ham.
U tuzalishi kerak, men ham xuddi shunday. Ko'ramiz bu jang bo'ladimi yoki yo'q. Ammo agar shunday bo'lsa, albatta, oktogon ichida mushakbozlik bo'ladi", - deya CHendlerning so'zlaridan iqtibos keltiradi MMAJunkie DC & RC podcast'ga tayanib.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar